2023-yilning birinchi choragida Oʻzbekistonda xorijiy kompaniyalar tomonidan 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan, deya xabar bermoqda Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobar ko‘p.
1-aprel holatiga, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 42 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan.
Bunda, toʻlangan soliqlarning 95%i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.
Unga ko‘ra, “Meta”, “Google” va “Apple” kompaniyalari mamlakatda eng ko‘p soliq to‘lovchi xorij kompaniyalari ro‘yxatida kuchli uchlikni egallagan.
Xorijiy kompaniyalar | To‘langan soliq miqdori |
Meta | 12,1 mlrd so‘m |
Google | 9,3 mlrd so‘m |
Apple | 6 mlrd so‘m |
Вooking.соm | 1,1 mlrd so‘m |
Netflix | 1,1 mlrd so‘m |
Xsolla | 632,9 mln so‘m |
Yandex | 363 mln so‘m |
Paddlе.сom | 321 mln so‘m |
LinkedIn | 275,6 mln so‘m |
Adobe Systems | 221 mln so‘m |
Avvalroq “Yahoo! Finance” yirik IT-kompaniyalarning 2022-yil boshi va dekabr oxiridagi qimmatli qog‘ozlari qiymatini solishtirgandi.
Unga ko‘ra, “Apple” aksiyalari narxi 25,49%, “Microsoft” 27,34%, “Tesla” 60,62% va “Meta” kompaniyasiniki 64,41%ga tushib ketgan.
Avvalroq “Spot"birinchi chorakda soliq tushumlari 37,8 trln so‘mdan oshgani haqida yozgandi.
Hududlar kesimida soliq tushumlari bo‘yicha yetakchilikni Toshkent egallagan — 6 trln so‘m.