1-maydan ipoteka kreditiga subsidiyalarni onlayn olish imkoniyati yaratildi.
Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin. Buning uchun shaxsiy hisobga ega bo‘lish kerak.
Qidiruv tizimiga “Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish” kalit so‘zlarini kiritsangiz sizga kerakli sahifani topib beradi.
“Xizmatdan foydalanish” tugmasi orqali esa jarayonni amalga oshirish mumkin. U to‘rt boshqichdan iborat.
Birinchi qadamda ariza yuboruvchi va subsidiyani olishdan maqsadni tanlash kerak.
Bunda foydalanuvchi o‘z va oila a’zolari nomidan uy-joy xarid qilishga va qurilish-rekonstruksiya uchun ipoteka kredit olishda beriladigan subsidiyalar uchun ariza jo‘natishi mumkin.
Navbatdagi qadamda mehnat migrantlari ma’lumot kiritishlari mumkin.
Uchinchi qadamda arizachi haqidagi ma’lumotlar shakllanadi. Undagi ayrim ma’lumotlarni to‘ldirish kerak.
Masalan, arizachining oilaviy ahvoli ya’ni uylangan yoki turmushga chiqqani haqidagi bo‘limni tanlashi mumkin.
Oxirgi qadamda har bir toifaga oid ma’lumotlar shakllanadi hamda oila a’zolari haqidagi barcha ma’lumotlarni kiritish kerak.
Xizmatdan quyidagi toifadagilar foydalanishlari mumkin:
- og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar;
- migratsiya dasturida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar;
- olis va chekka hududlardagi tashkilotlarga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan mutaxassislar yoki tibbiyot xodimi;
- imkoniyati cheklanganlar;
- harbiylar.
Xizmatdan foydalanish bepul bo‘lib, buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi. Arizalar qariyb 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik bilan, subsidiya xabarnomasining amal qilish muddati 12 oydan 4 oyga tushirildi.
Bu orqali esa 4 oy davomida sertifikatidan foydalanmagan fuqarolar subsidiya olish uchun yana qayta murojaat qilishlari mumkin.
Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.
Avvalroq “Spot” elektron raqamli imzoni qanday olish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.