“Centrum Air” aviakompaniyasi Misrning yana bir manziliga aviaqatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, kompaniya joriy yilning 2-iyunidan Toshkent-Hurgada-Toshkent yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviaqatnov haftada bir marta — juma kuni amalga oshiriladi.

Kompaniyaning Misrga birinchi parvozi joriiy yilning 2-mayida Sharm El-Shayxga amalga oshirilgandi.

“Centrum Air” “Uzbekistan Airways"ning havo yuklarini tashish boʻyicha bosh agenti “My Freighter” tomonidan yo‘lovchilar uchun sho‘ba korxona sifatida tashkil etilgan.

Yanvar oyida kompaniya yo‘lovchi tashishga ruxsat oldi va birinchi ikkita Airbus A320−232 samolyotini sotib oldi.


Avvalroq “Spot” “Centrum Air” Toshkent-Tbilisi yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Birinchi reys 13-mayga rejalashtirilgan bo‘lib, aviaqatnovlar har hafta amalga oshiriladi.