Toshkentlik restorator Sanjar Maqsudov (Steam Bar, Turka Saray) “Jowi” tizimi va “Yandex Eats” xizmati o‘rtasida hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.

“Tizimdan foydalanayotgan barcha umumiy ovqatlanish korxonalari platforma bilan to‘liq integratsiyalashdi”, — deya ta’kidladi tadbirkor. Natijada, “Yandex Eats” ilovasi orqali mijozdan olingan buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri restoranga kelib tushadi.

O‘z navbatida restoranlar ham “stop-list"ni tashkil qilishi mumkin. Maqsudovning so‘zlariga ko‘ra, yangi tizim restoranda qancha porsiya taom bo‘lsa, shunchasiga buyurtma berish imkonini beradi.

“Stop-list” buyurtma berish jarayonida mavjud bo‘lmagan taomlar uchun buyurtma berish holatlarini bekor qiladi. Masalan, agar restoranda 5 ta burger bo‘lsa, oltinchi buyurtma avtomatik ravishda rad etiladi.

Ilgari, bunday hollarda, restoranda taom mavjudligini aniqlashtirish kerak edi. Bir nechta qo‘ng‘iroqlar taom yo‘qligi haqida xabar olganidan so‘ng, ko‘plab mijozlar boshqa joylardan buyurtma qilishgan.

Bundan tashqari, endi “Jowi” tizimi hisob-kitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha barcha ma’lumotlarni bir joyda to‘playdi.

“Bu restoran faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni soddalashtiradi hamda foydani oshiradi”, — dedi Maqsudov.

Joriy yilning mart oyi boshida “Yandex Eats” yetkazib berish xizmati Toshkentda ishga tushirildi. Foydalanuvchilar ilova yoki sayt orqali oziq-ovqat va ichimliklar buyurtma qilishlari mumkin.

Undan keyin “Spot” “Express24” va “Broniboy” yetkazib berish xizmatlari asoschilari hamda Fish&fish agentligining hammuassislari Oleg Yudin va Lana Badudan “Yandex Eats"ning kirishi haqida qanday fikrda ekanliklarini ma’lum qildi.