“UzVC” milliy venchur fondi o‘zining oltinchi startapi — depozit.uz fintech startapini $100 minglik chek bilan moliyalashtirdi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar berdi.

Depozit.uz moliyaviy supermarket, bank hamda moliyaviy xizmatlar va mahsulotlarni tanlash, taqqoslash hamda buyurtma berish xizmati hisoblanadi.

Platforma foydalanuvchiga ko‘p sonli bank saytlariga birma-bir kirib ma’lumot olish jarayonini osonlashtiradi va kerakli xizmat haqida ma’lumotlarni taqdim etadi.

Shu bilan birga, platforma startap kreditlar va boshqa moliyaviy mahsulotlarni olish jarayonini soddalashtiradi.

Foydalanuvchilar o‘zlarining kredit layoqatliligidan xabardor bo‘lgach, platforma qaysi bank bu miqdorni tasdiqlashi mumkinligini ko‘rsatib, besh daqiqa ichida kredit olish imkonini beradi.

Depozit.uz foydalanuvchilarga quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

  • depozitlar;
  • avtokreditlar;
  • mikroqarzlar;
  • ipoteka kreditlari;
  • iste’mol kreditlari;
  • ta’lim kreditlari;
  • overdraft;
  • debet va kredit kartalari.

Shuningdek, platformada bank xizmatlari sifati bo‘yicha reytinglar va izohlarni ko‘rish hamda bank-moliya sohasi mutaxassislariga savollarni jo‘natish mumkin.

2022-yilning sentabr oyida “Sug‘urta Bozor” startapi “UzVC"milliy venchur fondidan $100 ming sarmoya jalb qilgandi.


Yil boshida “IT Park” $10 minggacha bo‘lgan startaplarni moliyalashtirishga yordam berish uchun arizalar qabul qilgandi.

u orqali mavjud g‘oyalarni rivojlantirish hamda investorlarni topish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.