Prezidetning tovarlarni yetkazib berish xizmatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, quyidagilar uchun haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shartligi to‘g‘risidagi talab 2024-yilga qadar to‘xtatib turiladi:
- eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 50 kilometrdan, ish hajmi 50 sm3 dan oshmaydigan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattdan ortiq va 4 kilovattdan kam bo‘lgan elektr dvigatelli ikki yoki uch g‘ildirakli transport vositalari;
- shu jumladan, xuddi shunday tavsiflarga ega bo‘lgan moped, kvadritsikl (kvadrotsikl), tritsikl, skuter hamda yo‘lning qatnov qismida harakatlanishga moslashtirilgan boshqa mexanik moslamalar.
Bunda, mazkur bandda ko‘rsatilgan transport vositalarida harakatlanayotgan shaxslar motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari zarur bo‘ladi.
Shuningdek, buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno) o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga kiritildi.
Ilgari shaxsiy transportdan foydalanib, jismoniy shaxslarga tovarlarni yetkazib berish o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turi hisoblangan.
Avvalroq “Spot” korxonalar yakka tartibdagi tadbirkorlarni kasanachi sifatida jalb qilishlari mumkinligi haqida yozgandi.
Buning uchun korxonalarga imtiyozli kreditlar, foizsiz kreditlar va subsidiyalar ajratiladi