“Wunder Digital” raqamli marketing agentligi o‘zining “Wunder Accelerator” dasturi ishga tushirilishini e’lon qildi.

Yangi loyiha AdTech sohasidagi reklama startaplariga sarmoya kiritish uchun moʻljallangan.

“Akseleratorlar jamoasi O‘zbekistonda zamonaviy reklamani o‘zgartira oladigan loyihalarga qiziqish bildirmoqda”, — dedi rivojlanish agentligi direktori Dmitriy Grigoryev.

Grigoryev akselerator missiyasini iqtidorli startaplarga jinsi, yoshi va kelib chiqishidan qat’iy nazar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam berish deb ta’rifladi.

Uning vakillari bozor yondashuvi asosida loyihalarni har tomonlama baholaydi.

Istiqbolli startaplar akseleratordan $100 ming yoki undan ortiq miqdorda sarmoya olishlari mumkin.

Bundan tashqari, “Wunder Digital” ularni MDH bozoriga kirishda va sotishni yo‘lga qo‘yishda qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

“Bizning afzalligimiz shundaki, biz har qanday gipotezani bir necha mamlakatlardagi 300 ta mijozda sinab ko‘rishimiz mumkin. Agar sizda MVP bo‘lsa, biz birinchi sotuvlarda yordam beramiz va birgalikda miqyos rejasini tuzamiz”, — dedi Grigoryev.

Mazkur akseleratsiya dasturiga havola orqali ariza topshirish mumkin.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda reklama platformasi sifatidagi bozorlar istiqbollari haqidagi ekspert xulosasini e’lon qilgandi.