“Plug and Play” markazi xotin-qizlar uchun “FoundHer” dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda Innovatsiyalar Milliy ofisi xabar berdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistondan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Dastur ayol tadbirkorlarni o‘z sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur resurslar va vositalar bilan ta’minlash orqali imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, tadbirkorlikdagi gender tafovutini bartaraf etishga yordam berish, inklyuziv va xilma-xil startap ekotizimini yaratishdan iborat.

“FoundHer” dasturi orqali ayol ta’sischilar murabbiy yordami, tarmoq imkoniyatlari, moliyalashtirish sirlari va boshqa imkoniyatlarga ega bo‘lishadi.

Tanlovda qatnashish uchun startap loyihaning kamida bitta asoschisi ayol bo‘lishi kerak.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun joriy yilning 10-iyunigacha havola orqali ariza jo‘natish kerak.

Batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.


Avvalroq “Wunder Digital” “AdTech” startaplari uchun akselerator dasturini ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.