“IT Park” tahlilchi hamda R&D mutaxassisi Timurmalik Elmuradovning O‘zbekistonga venchur mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi maqolasini e’lon qildi.


Venchur fondi — moliyaviy muassasa bo‘lib, bu kabi tashkilot startaplarga pul ajratadi. Fond mablag‘ni investorlardan (davlat, bank, investitsiya fondi yoki jismoniy shaxs) jalb qiladi.

Aprel oyida islomiy moliya tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonning “IMAN” startapi xalqaro jamg‘arma va 500 Global akseleratoridan investitsiyalarni jalb qildi.

Ushbu kelishuv hozirda mamlakatda sodir bo‘layotgan tendensiyani yaqqol aks ettiradi — mahalliy startaplar nihoyat venchur kapitaliga ega bo‘lishdi.

Oldin qanday edi?

O‘zbekistonda investorlar har doim bor edi, biroq ular biznes farishtalari — tadbirkorlar bo‘lgan, agar ularga g‘oya va uning ortida turgan shaxs yoqsa, pul berishardi.

Ko‘pincha IT bilan bog‘liq bo‘lmagan yirik kompaniyalarning egalari o‘z bizneslarini boshlashga qaror qilgan xodimlarining loyihalariga sarmoya kiritganlar.

Masalan, “MyTaxi” shu tarzda paydo bo‘ldi, u hozirda eng yirik taksi agregatorlaridan biriga aylandi.

Bir qator sabablarga ko‘ra mamlakatda institutsional investorlar yo‘q edi, ularni uch qismga bo‘lish mumkin.

Birinchidan, bozor. Aslida, u yo‘q edi, chunki startaplarga pul jalb qilish madaniyati bo‘lmagan.

Ikkinchidan, qonunchilik. Bozorda qiziqarli startap paydo bo‘lgan va unga sarmoya kiritishga tayyor kompaniyalar bo‘lsa ham, buni qilish muammoli edi.

Qonunchilik bazasida venchur investitsiyalar tushunchasi yo‘q edi va bir kompaniya boshqasiga investitsiya kiritishining o‘zi hech qanday tarzda tartibga solinmagan.

Uchinchidan, investitsiya muhiti. Investitsiya muhiti yaxshi emas edi, shuning uchun xorijiy investorlar O‘zbekistonga kelishmagan.

Bu va boshqa to‘siqlar (sekin va qimmat internet, valyuta cheklovlari, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligi) startapchilarga mablag‘ topishni qiyinlashtirdi, bu esa loyihalarning sekin o‘sishiga va tez o‘lishiga olib keldi.

Nimalar o‘zgardi?

2017-yilda O‘zbekistonda valyutani liberallashtirish amalga oshirildi, shundan so‘ng mamlakat xalqaro biznes xaritalarida yana paydo bo‘ldi.

Xorijiy tadbirkorlar, kompaniyalar va pullar mamlakatga kirib kelishdi, chunki sarmoya kiritish va foyda olish yanada qiziqarli bo‘ldi.

Shu yili davlatning pozitsiyasi o‘zgardi. Agar bundan oldin internetga tahdid sifatida qarashgan bo‘lsa, endi texnologiya bilan shug‘ullanish rag‘batlantirila boshlandi.

Birinchi qadamlardan biri, startaplarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan “Mirzo Ulugbek Innovations Center"ning tashkil etilishi bo‘ldi. Keyinchalik bu ish “IT Park” tomonidan davom ettirildi va kengaytirildi.

Shu bilan bir vaqtda xorijiy kompaniyalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston nufuzini yuksaltirish, mamlakatda turmush darajasini oshirish, IT mutaxassisliklarini ommalashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

2018-yilda IT kompaniyalarni moliyalashtirish mexanizmlarini tartibga soluvchi prezident farmoni chiqarilgandan so‘ng amalga oshirilgan qonunchilik bazasini yaratish qolgan edi.

Shundan so‘ng xorijiy va mahalliy fondlar paydo bo‘la boshladi, akseleratorlar ochildi, birinchi bitimlar tuzildi, ammo asosiy muvaffaqiyatga bir necha yil o‘tgach erishildi.

“Venchurli” 2022-yil

Bozor shakllanganiga, qonunchilik bazasi paydo bo‘lganiga, investitsiya muhiti yaxshilanganiga qaramay, O‘zbekistonda hali ham kelishuvlar kam edi.

Buni dastlabki yillar sinov va testlarga sarflangani bilan izohlash mumkin. Startaplarga MVP yaratish uchun va fondlarga yangi sharoitlarni o‘rganish uchun vaqt kerak edi.

2022-yilda ushbu ikki parallellik nihoyat o‘zaro kesishib o‘tdi. 12 oy ichida institutsional investorlar 20 dan ortiq startaplarni moliyalashtirdi, bu mutlaq rekord bo‘ldi.

Pul jalb qilgan loyihalar orasida Jett, ArzonApteka, Sello, Allgood, Multicard, Ox Resto, Sug‘urta Bozor, Yoto, Multibank, Pro Tok mavjud.

Agar sohalar nuqtai nazaridan qarasangiz, biznesni avtomatlashtirish bo‘yicha ko‘plab tizimlarni (restoranlar, do‘konlar), turli bozorlarni (ta'lim, oziq-ovqat) va fintech (to‘lovlar, e-com, fond bozori) ni ko‘rishingiz mumkin.

Mablag‘lar odatda dastlabki bosqichlarda investitsiya qilinadi. Pul evaziga ular kompaniyaning bahosi va sarmoya miqdoriga qarab 5% dan 25% gacha bo‘lgan ulushni so‘rashadi.

Investitsiyalar miqdori nisbatan kichik ($50 000 va undan ko‘p), ammo bu bozor hali rivojlanmaganligi sababli, pul hali ham juda qimmat turadi.

O‘zbekistonda investitsiya madaniyati endigina shakllanayotganiga qaramay, 2023-yilga kelib mamlakatda 10 ta venchur fondi mavjud:

Bular asosan xorijda joylashgan xususiy kompaniyalar va davlat tashkilotlarining loyihalaridir.

Startaplarni moliyalashtirishdan tashqari, fondlar hali ham bozorni rivojlantirishda ishtirok etmoqdalar.

Masalan, 2022-yilda “IT Park”, “Aloqabank” va “Aloqaventures” korporativ akseleratorni ishga tushirdilar. Bu IT-tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, yangi xizmatlar va mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish uchun platforma hisoblanadi.

Shu va boshqa tashabbuslar mamlakat uchun lozim, chunki venchur faqat ekotizim mavjud bo‘lgandagina muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.

2022-yilda O‘zbekiston bunga har qachongidan ham yaqinroq ekanini ko‘rsatdi.


Avvalroq texnopark Timurmalik Elmuradovning O‘zbekiston IT-sohasida xotin-qizlarning roli haqidagi maqolasini e’lon qilgandi.