Yevropa universitetlari alyansi “Arqus Talent” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan magistratura va doktorantura uchun nomzodlar “Arqus"ning hamkor universitetlaridan birida tahsil olishlari uchun hujjat topshirishlari mumkin.
Mazkur universitetlar qatorida Granada, Graz, Leipzig, Lion 1, Maynooth, Minho, Padua, Vilnyus va Vrotslav universitetlari mavjud.
Nomzodlar “Arqus” universitetlaridan birida magistratura yoki doktorantura dasturiga tanlangan bo‘lishi yoki hujjat topshirishi kerak.
Shuningdek, ECTS baholash tizimiga muvofiq minimal o‘rtacha B bahoga ega bo‘lishi lozim.
Kerakli hujjatlar:
- Arqus universitetlaridan birida magistratura yoki PhDga hujjat topshirilgani yoki tanlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
- CV;
- pasport;
- motivatsion xat;
- tadqiqot maqsadi (PhD uchun)
- bakalavr yoki magistratura diplomi;
- baholar transkripti/diplom ilovasi;
- tavsiyanoma;
- imkoniyati cheklanganini tasdiqlovchi hujjat;
- til sertifikati.
Qabul qilingan talabalarga o‘qish to‘lovlari qoplab beriladi.
Shuningdek, yashash xarajatlari, tibbiy sug‘urta hamda o‘quv materiallarini o‘z ichiga olgan holda oyiga 1400 yevro stipendiya ajratiladi.
Bundan tashqari, alyans imkoniyati cheklangan talabalarga oyiga 250 yevrodan qo‘shimcha pul yo‘naltiradi. Bu bo‘yicha batafsil havola orqali bilib olish mumkin.
Arizalarni joriy yilning 31-mayigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Grant dasturi haqida batafsil bu yerda.