O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasiga bo‘yicha $1,2 mlrd.lik shartnomalar imzolandi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, “CAMCE”, “Xinjiang Hualing Industry & Trade”, “Siyumeynong” kabi kompaniyalar bilan qishloq xo‘jaligi texnikasi lizingi, chorvachilik komplekslarini qurish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, O‘zbekistonda tariq yetishtirish kabi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

“Sinomach” kompaniyalar guruhiga kiruvchi “China CAMC Engineering” kompaniyasi bilan kelishuv imzolandi.

Kompaniya qishloq xo‘jaligi texnikalari va suv tejovchi texnologiyalarni lizing asosida O‘zbekistonga taqdim etishni maqsad qilmoqda.

Shuningdek, “Xualin Indastri” kompaniyasi bilan dastlabki kelishuv imzolandi. Kompaniya O‘zbekistonda chorvachilik sohasiga asos solmoqchi. Bu go‘sht yetishtirish va uni qayta ishlash majmualarini o‘z ichiga olgan klaster ko‘rinishida bo‘lishi rejaga olingan.


Avvalroq Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarish tizimini yo‘lga qo‘ymoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Loyiha mamlakatda qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida dronlardan foydalanishni kengaytirish maqsadida amalga oshiriladi.