Yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziyani ikki xil usulda olish mumkin — birinchisi Davlat xizmatlari markazi orqali, ikkinchisi Yagona portal orqali.
Yagona portal orqali xizmatdan foydalanish uchun shaxsiy sahifa bo‘lishi kerak. “Spot” Yagona portalda qanday qilib shaxsiy sahifani ochish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanmani taqdim etgandi.
Qidiruv tizimiga “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish” kalit so‘zlarini kiritish orqali kerakli sahifa shakllanadi.
“Xizmatdan foydalanish” tugmasi bilan ariza to‘ldirish jarayoni boshlanadi.
Bu yerdan yangi litsenziyalarni olish bilan birga quyidagilarni ham amalga oshirish mumkin:
- litsenziya kartochkasini hamda qo‘shimchasini olish;
- avval olingan litsenziya va kartochkani qayta rasmiylashtirish;
- litsenziya va kartochkaning amal qilishini to‘xtatish mumkin.
Undan keyingi bosqichlarda haydovchi va avtotransport haqidagi ma’lumotlarni to‘ldirish kerak.
Yagona portal orqali xizmatdan foydalanish narxi 297 ming so‘mni tashkil etadi.
Shuni unutmaslik kerak, haydovchi Yagona portal yoki Davlat soliq inspeksiyasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi lozim.
“Spot” qanday qilib o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi haqida ham qo‘llanmani taqdim etgandi.
Haydovchilik uchun litsenziya varaqasini olishga havola orqali onlayn ariza jo‘natish mumkin.
Avvalroq “Spot” ipoteka subsidiyasini qanday onlayn olish mumkinligi haqida qo‘llanmani taqdim etgandi.