Iqtisodiyot va moliya vazirligi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari uchun litsenziyalar berish bo‘yicha ikkita ariza ma’qullangani haqida ma’lum qildi.

Vazirlik “Finance Invest Brok” “Satori Capital” so‘rovlarini ma’qullagan va ikkala firma ham fond bozorida investitsion vositachi (broker) sifatida ishlash huquqini oldi.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Finance Invest Brok” fevral oyida Toshkentda tashkil etilgan. Ustav kapitali 300 mln so‘m bo‘lgan kompaniyaning yagona ta’sischisi Baxtiyor Abduvahobovdir.

“Satori Capital” aprel oyida Toshkentda ryxatga olingan. Jamiyat 700 mln soʻm ustav kapitaliga ega boʻlib, uning taʼsischisi “Satori IB Group” investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya saytida esa ta’sischi va direktor sifatida Ilya Slavin koʻrsatilgan.

Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari reestri 1-may kuni oxirgi yangilanish vaqtida 69 ta kompaniyadan iborat edi.

Ulardan 47 tasi investitsion vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Hozirda litsenziyalangan korxonalarning umumiy soni 71 taga yetdi.

O‘tgan yili bir nechta kompaniyalar litsenziyalarini bekor qilishni so‘ragach, ro‘yxat sezilarli darajada qisqardi.

Biroq fevral oyida “Leader Finance Capital” kirish huquqiga ega bo‘ldi, aprel oyida esa Iqtisodiyot vazirligi Sirdaryodan “Pro Fish Line” aktivlari boshqaruvchisiga litsenziya berdi.


Avvalroq “Spot” “O‘zmetkombinat” rejalashtirilgan FPO muddatidan oldin salkam 2 trln so‘mlik yangi aksiyalar chiqarayotgani haqida yozgandi.