24-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da “Biznesni rivojlantirish va yangi bozorlarga kirish” mavzusida onlayn uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv spikerlari — isroillik biznesmen va tadbirkor Liron Pinhas, shuningdek, maslahatchi va loyiha menejeri Yoav Ben-Shalom boʻladi.
Undada spikerlar biznesni muvaffaqiyatli rivojlantirish va yangi bozorlarga kirish boʻyicha maslahatlar bilan boʻlishadilar.
Shuningdek, ular marketing va undan biznesda foydalanish mavzusiga toʻxtalib oʻtadilar.
Uchrashuv ingliz tilida va onlayn tarzda oʻtkaziladi. Unda ishtirok etish uchun arizani 24-may soat 12:00 gacha havola orqali topshirish mumkin.
Spikeralar haqida:
Liron Pinhas — isroillik biznesmen va tadbirkor boʻlib, axborot texnologiyalari sanoati, tadbirlarni rejalashtirish va oʻtkazish, isteʼdodlarni boshqarish, kiberxavfsizlik, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va boshqa sohalarda 13 yildan ortiq boshqaruv tajribasiga ega.
Yoav Ben-Shalom — soʻnggi oʻn yil davomida Isroilning yetakchi siyosiy partiyalarining strategik darajadagi boʻlimlarida ishlagan holda hukumat darajasida ilgʻor tashqi aloqalar va inqirozni boshqarish bilan shugʻullangan. Koʻp yillar davomida u brending, marketing va foydalanuvchi tajribasiga ixtisoslashgan, yuqori texnologiyali va tadqiqot kompaniyalari, tahlil markazlari hamda vazirliklarda maslahatchi va loyiha menejeri boʻlib ishlagan.
Avvalroq “Spot” “Plug and Play” xotin-qizlar uchun “FoundHer” dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.
Dastur ayol tadbirkorlarni muvaffaqiyatga erishish uchun zarur resurslar va vositalar bilan ta’minlash orqali imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.