Toshkentda qalbaki $100 mingni $70 mingga sotmoqchi bo‘lgan 4 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda “UzA” xabar bermoqda.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1974−1982 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaro qalbaki $100 mingni sotmoqchi bo‘layotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, ulardan birining yashash xonadonidan ham qalbaki $11 ming tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fuqarolardan valyuta ayirboshlash masalasida bank muassasalariga murojaat qilishlar so‘ralmoqda.