Sirdaryo shahrida “EXЕЕD” avtomobil zavodi ochildi. Bu haqda “Asaka Motors” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
“Yangi zavodda zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or ishlab chiqarish usullari qo‘llaniladi, bu esa yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi”, — dedi “Asaka Motors” bosh direktori Akromjon To’xtaboyev.
Qayd etilishicha, zavodning ochilishi yangi ish o‘rinlarni yaratib, hududda bandlikni oshiradi.
Zavodda asosan uchta “EXЕЕD” modeli yig‘iladi: ixcham krossover — LX, o‘rta o‘lchamli krossover — TXL va to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas — VX.
Loyiha komponentlarni yig‘ish bosqichida (SKD) yiliga 20 mingtagacha va to‘liq ishlab chiqarish sikli bosqichida (CKD) yiliga 150 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Kompaniyaning O‘zbekiston bozoriga kirishi va bu yerda avtomobil yig‘ish hamda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalari 2022-yil oktabr oyida e’lon qilingandi.
Yanvar oyiga kelib, kompaniyaning mamlakat bozoriga kirishi hamda uchta avtomobil modelini sotishi asman e’lon qilindi.
Aprel oyida esa “Exeed” kompaniyasi yo‘ltanlamaslarining birinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi. Shuningdek, birinchi avtomobillar bahor oxirida konveyerdan chiqishi qayd etildi.