IT bo‘yicha 5 ta kitob: Swift dasturlash tili

Ushbu to‘plam Swift dasturlash tilini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi.

hafta yangiliklari, week summary


Biznes tarixi: qanday qilib Netflix DVD-disk ijarasi xizmatidan videostriming gigantiga aylandi

Mazkur materialda kompaniyaning qanday paydo bo‘lgani, uni yuritishdagi qiyinchiliklari hamda bugungi kundagi omadli qadamlari haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yangiliklari, week summary


O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish — bu turdagi “moyka"lar qanday ishlaydi va qancha daromad keltiradi?

“DS-Moyka” bosh menejeri Nizomiddin Rahimov biznes qanday yo‘lga qo‘yilgani, qanchada foydaga chiqish mumkinligi hamda robotlashtirilgan yuvish uskunasini olib kelish rejalari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yangiliklari, week summary


O‘zbekistonda media savodxonligi: nega Akademiya muvaffaqiyatga erishmadi va $50 000 nimaga sarflandi?

2020-yilda Roman Sayfutdinov hamkorlari bilan birgalikda media sohasidagi kasblar bo‘yicha ta’lim loyihasini boshladi. Bir yarim yil davomida 600 ga yaqin talaba akademiyada saboq oldi, biroq bir muncha vaqt o‘tgach, loyihani $50 mingdan ortiq zarar bilan yopishga qaror qilindi.

hafta yangiliklari, week summary


Yevropa hukumati Arqus Talent stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Unda magistratura va PhD uchun nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Qabul qilingan talabalarga oylik 1400 yevro ajratiladi.

hafta yangiliklari, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekistonda uy-joy ijarasi bozorida taklif 40%ga oshdi.
    Mutaxassislar ijara bozorida taklifning bunday o‘sishini o‘tgan yilning bahor va kuz oylarida O‘zbekistonga kelgan rossiyaliklarning ketishi bilan izohlamoqda.
  2. Plug and Play xotin-qizlar uchun FoundHer dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
    Dastur ayol tadbirkorlarni muvaffaqiyatga erishish uchun zarur resurslar va vositalar bilan ta’minlash orqali imkoniyatlarini kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
  3. Mastercard O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi.
    Qayd etilishicha, rasmiy vakolatxonani ochish kompaniya uchun joylardagi ehtiyojni yaxshiroq tushunish imkonini beradi.
  4. Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
    Sinovdan o‘tkazish ishlari joriy yilning 1-mayidan boshlangan bo‘lib, jarayon 1-noyabrgacha davom etishi belgilangan.
  5. YeTTB Nukusda shamol elektr stansiyasini qurishga $19 mln yo‘naltiradi.
    Stansiya quvvati 100 MVtni tashkil etib, bank mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatini 2700 MVtgacha oshirishni belgilagan.
  6. Sun’iy intellekt orqali O‘zbekistonda 430 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi mumkin — OTB.
    Bu kabi texnologiyalarni joriy etish 2025-yilga borib mamlakatda to‘qimachilik va tikuvchilik sohasida mehnat unumdorligini 68%ga, qurilish sohasida esa 60%ga oshadi.
  7. Yandex Alisa’ga YandexGPT neyron tarmog‘ini kiritdi.
    Uni Yandex ilovasida, brauzerda, stansiyalar hamda televizorlarda ishlatish mumkin.
  8. O‘zbekiston venchur mablag‘larni qanday jalb qilmoqda?.
    Mamlakatda investitsiya madaniyati endigina shakllanayotganiga qaramay, 2023-yilda mavjud venchur fondlar soni 10 tani tashkil etmoqda.
  9. Kira qilish uchun litsenziya varaqasini qanday onlayn olish mumkin? Qo‘llanma.
    Yagona portal orqali xizmatdan foydalanish narxi 297 ming so‘mni tashkil etadi.
  10. O‘zbekistonda birinchi Wildberries saralash markazi ochildi.
    Bu orqali endilikda o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini ushbu marketpleysda sotishlari mumkin.