Respublikasi valyuta birjasi joriy yilning birinchi choragi bo‘yicha bozor sharhini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, dastlabki uch oyda O‘zRVB bozorida umumiy savdolar hajmi 248,4 trln so‘mni tashkil etgan. Natijada ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,2%ga oshgan.
Bu davrda valyuta bozorida amalga oshirilgan savdolarning umumiy hajmi 113 trln so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 54,7%ga o‘sgan.
Shu bilan birga, valyuta bozoridagi bitimlar ulushi umumiy savdo hajmining 45,5%ini tashkil etgan.
Joriy yilda O‘zRVB qarz bozorida market-meykerlik faoliyati ishga tushirilgandi. Bu bozorda “Asia Alliance bank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Ipak yo‘li” bank, “Turonbank” hamda “Xalq banki” market-meyker maqomiga ega bo‘lgan.
Unga ko‘ra, market-meykerlar oldi-sotdi kotirovkalarini shakllantirish orqali DQQ ikkilamchi bozorida likvidlikini ta’minlash majburiiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Fevral oyidan buyon O‘zRVB platformasida DQQ T+2 hisob-kitoblar bitimlar tuzilgan kundan keyingi ikkinchi savdo kunida amalga oshirilishi belgilangan.
O‘tgan davrda DQQ birlamchi bozorida 16 trln so‘mlik qimmatli qog‘ozlar joylashtirilgan. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 trln so‘mga ko‘p.
Shuningdek, bu davrda tuzilgan REPO bitimlari hajmi 1,9 trln so‘mni tashkil etgan.