O‘tgan yilni ng dekabrida Davaktiv agentligi Yashnobod tumanida joylashgan “Universal Tennis Plus” kompaniyasining ustav fondidagi 100% davlat ulushini sotuvga qo‘ygandi.

Lotning boshlang‘ich narxi 29,5 mlrd so‘mni tashkil etib, bino maydoni 2366 kv. metr, yer maydoni 0,76 ga ni tashkil etadi.

Mazkur davlat ulushini sotib olgan investorlar jamiyatning 100% ulushiga nisbatan egalik qiluvchi ta’sischisi hisoblanadi.

Joriy yilning 16-may kuni “E-auksion"da o‘tkazilgan mazkur tender o‘z nihoyasiga yetdi.

Auksion 4 soat 48 daqiqa davom etdi va lot uchun boshlang‘ich bahodan 5%ga ko‘p narx — 30,9 mlrd so‘m taklif bilan Otabek Nurmuhamedov g‘olib bo‘ldi.

Ustav kapitali 5,04 mlrd so‘m bo‘lgan kompaniya bir nechta ochiq va yopiq tennis kortlariga ega “Aviasozlar” sport majmuasini boshqargan.

Korxonaning 35,1 mln so‘mlik aylanma aktivlari va 18,1 mln so‘m debitorlik qarzlari mavjud. O‘z navbatida, uning majburiyatlari 59 mln so‘mdan oshadi.

Shuningdek, 2022-yil davomida ko‘rilgan zarar salkam 16 mln so‘mni tashkil etadi.


Avvalroq Raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank"ning ma’muriy binolari bilan tuzilgan shartnoma bekor qilingani haqida xabar berilgandi.