Hukumat yuridik shaxslarga xorijiy ijtimoiy tarmoqlardagi reklama uchun to‘lovlarni korporativ bank kartalaridan amalga oshirishga ruxsat berdi. Qaror ma’lumotlar bazasida e’lon qilinga n.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi"da korporativ valyuta kartalaridan foydalangan holda xorijiy internet xizmatlari orqali reklama xarajatlarini to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi nizom ko‘zda tutilgan. U 2022-yilning avgustda prezident tomonidan tasdiqlangan.

1-iyuldan kompaniyalar ijtimoiy tarmoqlardagi reklama narxini korporativ kartadan hisoblay oladi. Maksimal miqdor kalendar oyiga $5 mingni tashkil etadi.

Mazkur to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashqi savdo operatsiyalarining maxsus tizimiga kiritilishi kerakligi belgilangan.

Shu bilan birga, kerakli ma’lumotlarga shartnoma bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiradigan bank yoki birjaning STIR, shuningdek, reklama buyurtma bergan kompaniyaning STIR raqami kiradi.

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, birgina yilning 4 oyida O‘zbekistonda xorijiy internet xizmatlari tomonidan 122,9 milliard so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 32,4 mlrd so‘m soliq to‘langan.

Bu summalarning asosiy qismi reklama sotishdan daromad oladigan “Meta”, “Google” va “Yandex” kompaniyalariga to‘g‘ri keldi.


Avval “Paynet” orqali ham naqd pul yechish imkoniyati yaratilayotgani haqida xabar berilgandi. Xizmat sinov tarzida joriy yilning 1-iyunidan ishga tushadi hamda 1-dekabrgacha davom etadi.