Joriy yilning 1-iyunidan “Paynet” orqali naqd pul yechish xizmati sinov tarzida ishga tushiriladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur xizmatdan aholi “UZPAYNET” kassalari orqali foydalanishlari mumkin bo‘ladi hamda sinov muddati joriy yilning dekabr oyigacha davom etadi.

Avvalroq Toshkentda virtual kassa orqali eksperiment tarzida naqd pul yechish xizmati ishga tushirilishi belgilangandi.

Ushbu xizmat “Korzinka"ning “Shedevr” filialida ishga tushirildi. Hozirda faqat “HUMO” kartalari orqali naqd pul yechib olish mumkin. Bunda komissiya miqdori 1%ni tashkil etadi.

Shuningdek, naqd pul yechib olishning minimal miqdori 50 ming so‘mni, kunlik limiti esa 300 ming so‘mni tashkil etadi. Xizmat orqali supermarketda tovar sotib olingandagina pul yechib olish mumkin.


2022-yilning avgust oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Uzpaynet” ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayonini boshlagandi.