Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekiston FinTech Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda bo‘lajak IT-maslahatchilarni bepul tayyorlash kursiga arizalar qabulini e’lon qildi. Bu haqda assotsiatsiya xizmati xabar bermoqda.

Trening YeTTB Kichik biznes boʻyicha maslahat (ASB) dasturi doirasida konsalting xizmatlarini koʻrsatish orqali raqamlashtirish, elektron tijoratni rivojlantirish va ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Shuningdek, u raqamli marketing, IT, elektron tijorat va boshqa xizmatlar krsatuvchi kichik va rta kompaniyalar uchun mljallangan.

Tayyorlash kursida ishtirok etish bepul boʻlib, 31-maydan 2-iyungacha davom etadi.

Unda ishtirok etish uchun 2023-yil 30-maydan kechiktirmay havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Plug and Play xotin-qizlar uchun FoundHer dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun joriy yilning 10-iyunigacha havola orqali ariza jo‘natish kerak.