“Silk Avia” kompaniyasi 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar berdi.
Kelasi oydan Toshkentni Farg‘ona va Nukus bilan bog‘lovchi aviakompaniya Farg‘onadan Urganch, Buxoro va Navoiyga ham parvozlarni amalga oshiradi.
Shu bilan birga, birinchi oyda parvozlar amalga oshirilgan barcha boshqa yo‘nalishlar harakati davom etishi aytilmoqda.
Haftalik parvozlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
- Toshkent-Buxoro-Toshkent;
- Toshkent-Samarqand-Toshkent;
- Toshkent-Qarshi-Toshkent;
- Toshkent-Navoiy — Toshkent;
- Toshkent-Namangan-Toshkent;
- Toshkent-Nukus-Toshkent;
- Toshkent-Termiz-Toshkent;
- Toshkent-Urganch-Toshkent;
- Toshkent-Farg‘ona-Toshkent;
- Farg‘ona-Urganch — Farg‘ona;
- Farg‘ona-Buxoro-Farg‘ona;
- Farg‘ona-Navoiy-Farg‘ona;
- Samarqand-Urganch-Samarqand;
- Buxoro-Urganch-Buxoro.
“Silk Avia” taklif qilingan uchta tarif shartlariga kichik o‘zgartirishlar kiritdi. Chipta narxi yo‘lovchining ehtiyojlariga qarab o‘zgaradi:
Tarif nomi | Qo‘l yuki | Yuk | Chiptani qaytarish | Qayta ro‘yxatdan o‘tish |
Oddiy | 5 kg.gacha, 40 sm * 30 sm * 20 sm | yo‘q | yo‘q | yo‘q |
Oson | 5 kg.gacha | 10 kg.gacha | yo‘q | ha |
Omad | 5 kg.gacha | 20 kg.gacha | ha | ha |
Shuningdek, 1-iyundan sotuvlar chuqurligi 5 oygacha oshadi, ya’ni chiptalarni 29-oktabrgacha bo‘lgan sanalar uchun sotib olish mumkin.
Aviakompaniya tariflari va xizmatlari bilan www.silk-avia.com rasmiy veb-saytida batafsil tanishish yoki (+998) 55 501−22−12 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.