Avvalroq prezidentning “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingandi.
Farmon bilan byurokratik to‘siqlarga chek qo‘yish maqsadida vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati yagona avtomatlashtirilgan platforma — hrm.argos.uz orqali yuritiladi.
Bunda platforma orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
- tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish;
- hrm.argos.uz va edo.ijro.uz axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda kadrlarga oid ish yurituv hujjatlarini elektron shaklda yuritish;
- xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash;
- kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish.
Shuningdek, joriy yil oktabr oyiga qadar hrm.argos.uz tizimi orqali “UzASBO” dasturiy majmuasi, “E-qaror” tizimi “E-huquqshunos” tizimlariga ma’lumot kiritish imkoniyati yaratiladi.
Avvalroq 1-iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshirishi ma’lum qilingandi. Bu bo‘yicha hukumat qarori qabul qilingan.