Rossiyaning “Bork” maishiy texnika brendi O‘zbekiston, BAA va Turkiyada do‘konlarini ochadi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” nashri.

Qayd etilishicha, doʻkonlar 2023-yil oxiri yoki 2024-yil boshida ochilishi rejalashtirilgan.

Kchmas mulk byicha maslahatchi Anna Savchenkoning szlariga kra, yangi bozorlarga kirishda brend z mahsulotlarining tan olinishini oshirishi kerak bladi.

Shu bilan birga, BAA, Turkiya va O‘zbekistonda yirik rus diasporalari va brend xabardorligini oshirish imkoniyatlari mavjud, deydi “Infoline Analytics” direktori Mixail Burmistrov.

“Bork” brendi 2001-yilda “Texnopark” tarmogʻining egasi (hozirgi maishiy texnika onlayn-dkoni) Maksim Biryulin tomonidan tashkil etilgan.

Brendning rasmiy veb-saytdagi ma’lumotlarga kra, uning jami 74 dkoni bor, ulardan bittasi Yerevanda va ikkitasi Minskda.

“Bork Import” asosiy yuridik shaxsining 2022-yildagi daromadi, “Contour Focus” ma’lumotlariga kra, 12,3 mlrd rublni, sof foyda — 987 mln rublni tashkil etdi.


Avvalroq “Spot” Rossiyaning mebel ishlab chiqaruvchi “Divan.ru” kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida yozgandi.

“Divan.ru” mamlakatda o‘z do‘konini ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kompaniya rejasida O‘zbekistondan tashqari Mo‘g‘uliston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya va BAA mavjud.