Adliya vazirligi tomonidan tabiiy ipak tolalari qoʻshilgan himoya qogʻozi ishlab chiqarish boʻyicha yangi texnologiya patentlandi, deya xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Texnologiya “Davlat belgisi” DUK, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mutaxassislari tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Banknotlar, qimmatli qog‘ozlar va boshqa hujjatlar uchun himoya xususiyatlari oshirilgan tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qog‘oz tayyorlash texnologiyasi dunyoda ilk bor O‘zbekistonda ishlab chiqildi, deyiladi xabarda.

Mazkur ixtiro tufayli himoya elementlari tarkibiga tabiiy ipak tolalari qo‘shilgan qimmatbaho qog‘ozni boshqa turdagi qog‘ozlardan ajratish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Qog‘oz tayyorlash jarayonida tabiiy ipak tolalar qog‘oz massasiga qo‘shiladi va so‘ngra unga fluorestsent eritmasi shimdiriladi.

Ultra binafsha nurlar bilan yoritilganda ipak oqsili kuchaytirilgan to‘q rangga kiradi va shu yo‘sinda qog‘oz qalbakilashtirishdan himoyalanadi.

Bir xil qalinlikdagi tabiiy ipakning qog‘oz tarkibiga qo‘shilishi natijasida uning mustahkamligi bir necha baravar oshadi.

Markaziy bank banknotlar, himoya hujjatlari va qog‘oz ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniyalar mutaxassislarining yangi texnologiyaga qiziqishini qayd etdi.


Avvalroq “Spot” endi “Paynet” orqali ham naqd pul yechish mumkin bo‘lishi haqida yozgandi.

Xizmat sinov tarzida joriy yilning 1-iyunidan ishga tushadi hamda 1-dekabrgacha davom etadi.