Madaniyat va turizm vazirligi mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalari xodimlarining malakasini oshirish kurslarini o‘tkazish uchun grantlar ajratilishini e’lon qildi.

Bu orqali nodavlat ta’lim muassasalari va turizm sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari grant mablag‘larini olishlari mumkin bo‘ladi.

Prezident aprel oyidagi qarori bilan bu maqsadlar uchun yiliga 2 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Grant olish uchun o‘quv markazi yoki boshqa tashkilot tasdiqlangan shaklda vazirlikka ariza berishi kerak.

  • turizm sohasida o‘qishga ruxsatnoma nusxasi;
  • malaka oshirish kursining pasporti;
  • kurs jadvali;
  • o‘qituvchilar haqida ma’lumot;
  • kursni tashkil etish uchun xarajatlar smetasi.

Hujjatlar to’plami faqat qogoz shaklida qabul qilinadi. Vazirlikka bevosita yoki pochta orqali (manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B-uy) topshirilishi mumkin.

Bu yil uchun ariza topshirish muddati 1-iyundan 20-iyungacha davom etadi. 2024-yilga grant uchun arizalar esanoyabr oyida qabul qilinadi.

Vazirlik arizalarni hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganidan keyin 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Ariza beruvchilarga ularning arizalari ma’qullanganligi yoki rad etilganligi haqida xabar beriladi.


Avvalroq “Spot” Fransiyaning “Montagne et Neige Développement” (MND) kompaniyasi bilan Chimyon umummavsumiy kurortini qurish bo‘yicha shartnoma imzolangani haqida yozgandi.