“O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda Turkiyaning “Birlik Shoes Sole” kompaniyasi vakili bilan ikki tomonlama sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur kompaniya sarmoyasi asosida yangi qo‘shma korxonani ochish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“Birlik Shoes Sole” kompaniyasi O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sish surʼatlariga erishayotganini alohida takidlab, charmsanoat sohasida mamlakatimiz korxonalari bilan hamkorlik qilish maqsadida ekanligini maʼlum qildi.
Shuningdek, kompaniya sarmoyalarini O‘zbekistonga yo‘naltirish borasida qator takliflarini bildirdi.
Xususan, turk kompaniyasi Navioy viloyatining Karmana tumanida joylashgan “Mexes” korxonasi bilan hamkorlikda ayollar va bolalar poyabzallarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi qo‘shma korxonani ishga tushishirishni maqsad qilgan.
Loyihaning dastlabki bosqichida $1 mln investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan.
“O‘zcharmsanoat” uyushmasida Bangladeshlik investorlar, yirik kompaniyalar, shuningdek, tarmoqda biznesni rivojlantirish, marketing yo‘nalishlaridagi mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda mehmonlarga sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun soliq va bojxona imtiyozlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Transport-logistika imkoniyatlari va eksport bozorlariga alohida e’tibor qaratildi.
Qayd etilishicha, Bangladesh O‘zbekistonni MDH, shuningdek, Yevropa bozorlariga chiqish portali sifatida ko‘rmoqda.
O‘zbekiston uchun Bangladesh bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi Osiyo va Okeaniya mamlakatlari bilan yangi eksport aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xorijga yetkazib berish hajmini kengaytirish imkonini beradi.