Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Bloomberg Billionaires Index” talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.

1-iyun holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligini $192 mlrdga baholamoqda.

Ikkinchi o‘rinda “Louis Vuitton Moet Hennessy” (LVMH) rahbari va egasi Bernard Arno, uning boyligi $187 mlrdga baholangan.

Kuchli uchlikni “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $144 mlrd boyligi bilan yakunladi.

Avvalroq “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 37-yillik reytingini e’lon qilgandi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni $211 mlrd boylik bilan Bernard Arno, ikkinchi o‘rinni esa $180 mlrd bilan Ilon Mask egallagandi.

Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha “Ginness rekordlari kitobi"ga kiritilgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, 2022-yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni $200 mlrdga kamaygan.