Statistika agentligi hisobotiga ko‘ra, may oyida iste’mol narxlari indeksi 0,49%ga o‘sgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘pdir.

Yil boshidan buyon inflyatsiya 3,76%ni tashkil etdi, bu oyiga o‘rtacha 0,75%ga o‘sishni anglatadi.

Yanvardan maygacha bo‘lgan davrda bu ko‘rsatkich besh yil ichida eng past ko‘rsatkichga yetdi — taqqoslash uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 5,5%ga tashkil etgandi.

Yillik inflyatsiya 1-iyun holatiga ko‘ra 10,38%ni tashkil etib, o‘n ikki oylik eng past darajaga tushgan.

Barcha uchta asosiy kategoriyada — oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarda narxlar oy davomida taxminan 0,5%ga oshgan.

Yillik inflyatsiyaning eng katta hissasi oziq-ovqat bo’lib qolmoqda, biroq narxlarning o’sishi o’n ikki oy ichida 13%gacha sekinlashdi.

Oziq-ovqat mahsulotlaridan meva (2,1%), baliq (2%) va go‘sht (1,9%) narxlari may oyida eng ko‘p qimmatlashgan. Sabzavotlar o‘rtacha 5,4%ga, yog‘-moy mahsulotlari 0,9%ga arzonlashdi.

Yil davomida guruch va piyoz boshqalarga qaraganda qimmatlashdi — narx bir yarim baravardan ko’proq oshdi.

Pomidor (48,8%), shakar (40%), tuxum (25,5%), don mahsulotlari (23,5%), shakar (21,7%), sut (18%) ham sezilarli darajada qimmatlashgan.


Avvalroq “Spot” aprel oyida inflyatsiya 0,8%ni tashkil etgani haqida yozgandi.

Dastlabki to‘rt oyda rasmiy inflyatsiya 3,3%ni, yillik inflyatsiya esa 11%ni tashkil etdi. Yillik ko‘rsatkich o‘tgan mart oyiga nisbatan 0,7%ga pasaygan.