Xitoyning “Taitong International” kompaniyasi Andijon, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida logistika markazlarini qurishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Bu haqda vazir o‘rinbosari Jasurbek Choriyevning kompaniya rahbari Chu Syuan bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, “Taitong International” kompaniyasi transport logistika korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor.

Avvalroq Xitoy Oʻzbekistonning chegaradosh hududlarida nafaqat transport logistikasi, tovarlar yetkazib berish bilan shugʻullanuvchi logistika markazlarini yaratishi haqida xabar berilgandi.

Xitoy tomoni “O‘zbekiston temir yo‘llari” qoshidagi “O‘ztemiryo‘lkonteyner” kompaniyasi bilan hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish, shuningdek, konteyner tashishni tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi joriy yilda boshlanishi ma’lum qilingandi.

Uzunligi 523 km boʻlgan tarmoq liniyasi Qirgʻizistonning Qorasuvi orqali Qashgʻar va Andijonni bogʻlaydi.

Ibrohimov taʼkidlaganidek, uning ishga tushirilishi Oʻzbekiston va boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xalqaro bozorlarga yangi, eng qisqa va eng qulay yoʻlning paydo boʻlishini anglatadi.

Buning sharofati bilan butun mintaqa Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi muhim markazga aylanadi.


Avvalroq “Spot” “Wildberries” Farg‘onada logistika markazini ochishi haqida yozgandi.

Logistika markazi ochish uchun kompaniyaga 3200 m.kv ombor binosi ajratib berilishi belgilangan.