Avvalroq “Spot” Markaz-1'da yozgi teraslar va muassasalar, do‘konlar va ofislarning kengaytmalari, shu jumladan Chaykof" qahvaxonalaridan biri buzilgani haqida yozgandi.

Toshkent shahar hokimligi vaziyatga izoh berdi. Hokimlik maʼlumotlariga koʻra, barcha chora-tadbirlar mamlakatning amaldagi qonunchiligi asosida amalga oshirilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqovning sayyor qabuli chogʻida “S-1” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar turar-joy binosining birinchi qavatida joylashgan muassasalar faoliyatidan noroziligini bildirib, ularning shovqini, taomlarning hidi, ularga qatnaydigan aholining transport vositalari qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotganidan arz qilgan.

“Ushbu murojaatlar asosida shahar hokimligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi nazorat-nazorat inspeksiyasi tomonidan mazkur holat o‘rganilib, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan shaharsozlik normalarini qo‘pol ravishda buzish, o‘zboshimchalik bilan va qonunga xilof ravishda binolar qurishga o‘zgartirishlar kiritilganligi, hamda normaga zid ravishda qurilish ishlari olib borilgan”, — deyiladi xabarda.

Ko‘p kvartirali turar-joy uylarning ichki — tutashtirib qurilgan xonalarida quyidagilarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • 35 o‘rindan ko‘p bo‘lgan, ochiq qo‘ra va mangal ishlatib issiq ovqat tayyorlaydigan, musiqa jo‘rligiga ega ovqatlanish korxonalari;
  • soat 22:00 dan keyin ishlaydigan barcha xizmat ko‘rsatish korxonalari;
  • jarayonlari shovqinli va yengil alangalanuvchan materiallar qo‘llaniladigan maishiy xizmat korxonalari.

Shuningdek, turar-joy binolarida rekonstruksiya qilishda quyidagilarga ruxsat etilmaydi:

  • rekonstruktsiya qilinayotgan xonalarda orayopma plitalariga va zinapoya sathlariga ta’sir qiluvchi me’yoriy yuklanishlarni ortib ketishiga sabab bo‘luvchi qurilma va asboblarni qo‘llash;
  • tutash va yuqoridagi (pastdagi) xonalarga zarar yetkazilishini oldini oluvchi maxsus tadbirlarsiz ishlash;
  • evakuatsiya yo‘llarini, boshqa umumiy foydalanish joylarini (zinapoya maydonchalari, umumiy yo‘laklar, pod’ezd, ayvon va boshqa xonalar), shuningdek turar joy binosi atrofidagi hududni to‘sib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Toshkent shahar hokimligi buzib tashlangan obyektlarda yuqorida qayd etilgan barcha me’yorlar buzilgani, shu bois ular shaharsozlik norma va qoidalariga muvofiqlashtirilayotganini qayd etgan.

“Tadbirkorlarga nisbatan hech qanday noqonuniy xatti-harakatlar qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, — deya taʼkidladi matbuot xizmati.

Hokimlikning qayd etishicha, ushbu vaziyatni o‘rganish va tegishli choralarni ko‘rish Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilgan.

Mazkur jarayonda Vazirlar Mahkamasining mutasaddilari ishtirok etmagan va ko‘rsatma bermagan.

30-may kuni Mirzo Ulug‘be tumani hokimligi buzilishlar bo‘yicha izoh bergandi. Unda tuman hokimligi tomonidan har qanday faoliyat qonun doirasida amalga oshirilishi lozimligis, bu borada aniqlangan barcha qonunbuzarliklar bartaraf etilayotgani ta’kidlagan.


Avvalroq “Spot” Toshkentdagi kafe va restoranlar yozgi ayvonlari buzib tashlanishi bo‘yicha tadbirkorlar qanday fikrda ekanligi haqida yozgandi.