“Amazon Web Services” kompaniyasining katta yechimlar arxitektori Igor Sharfmesser Toshkentda mashinalarni o‘rganish bo‘yicha seminar o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “AWS User Group Tashkent”.
Ishtirokchilar Amazon Sagemaker yordamida boshidan oxirigacha to‘liq ML loyihasini ishlab chiqishlari mumkin bo‘ladi.
Igor Scharfmesser muhandislik boshqaruvi, IT-konsalting va telekommunikatsiyalar sohasida IT-strategiyalarini yaratish va amalga oshirish sohasida 15 yillik tajribaga ega. Turli vaqtlarda u 15 dan 1500 kishigacha, budjeti $30 mlngacha bo‘lgan jamoalarni boshqargan.
Tadbirda Igor SageMaker’ning “Data Wrangler”, “Feature Store”, “Processing”, “Training”, “Hosting”, “Studio” va “Pipelines” turlari bilan ishlash haqida gapiradi.
Seminar 3-iyun, soat 11:00da “IT Park"da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul.
Joylar soni cheklangan. Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.
Ishtirokchilar shaxsiy noutbuklarini olib kelish kerak. Barcha ishtirokchilar mustaqil o‘rganish uchun “AWS” hisoblari bilan ta’minlanadi.
Avvalroq “Spot” Denis Kalishkin startapga sarmoya jalb qilish bo‘yicha kurs o‘tkazishi haqida yozgandi.