“Spot” joriy yilning yanvar-mart oylari bo‘yicha O‘zbekiston banklarining moliyaviy hisoboti bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, bu davrda “O‘zmilliybank” eng yuqori sof foyda bilan birinchi o‘rinda turibdi. Xususan, bank daromadlari birinchi chorakda 652,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Keyingi o‘rinda 374,1 mlrd so‘m sof foyda bilan “Ipoteka bank” turgan bo‘lsa, mazkur kuchli uchlikni 357,9 mlrd so‘m bilan “Kapitalbank” yakunlab berdi.

Shu bilan, daromadi 300 mlrd so‘mdan oshgan banklar soni 3 tani tashkil etdi:

7 ta bank 100 dan 300 mlrd so‘mgacha foyda oldi:

Navbatdagi 10 ta bank esa 10 dan 100 mlrd so‘mgacha foyda oldi:

10 mlrd so‘mgacha daromat olgan banklar soni 6 tani tashkil etdi:

Shuningdek, mazkur hisobotlar qatorida 2,1 mln so‘mlik daromad bilan “Apex bank” ham joy olgan.

Bu davrni zarar bilan yakunlagan banklar ham mavjud, xususan, “Ravnaq-bank” 0,4 mlrd so‘m, “Smartbank” 0,5 mlrd so‘m, “Uzum bank” 18,7 mlrd so‘m, “Tenge bank” 31,3 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Bundan tashqari, hisobotlar qatorida “Saderat bank” hamda “O‘zagroeksportbank"lar ma’lumotlari keltirilmagan. “Saderat bank” ma’lumotlari 2022-yilning to‘qqiz oyi bo‘yicha berilgan hisobotlar qatorida ham berilmagandi.

2022-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda bank tizimi sof foydasi 10 trln so‘mni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 2,6 barobarga yoki 6,1 trln so‘mga o‘sgandi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Markaziy bank “Smart Bank"ga litsenziya bergandi. Joriy yilning mart oyiga kelib, regulyator ikkita — “Apex Bank” va “Hayot Bank"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berdi.

May oyi boshida “Yangi bank"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.


Avvalroq “Spot” 2023-yilning may oyi bo‘yicha O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzlar haqida ma’lumotlarni taqdim etgandi.