O‘zbekistonning “Centrum Air” loukoster aviakompaniyasi Qozog‘istonga muntazam yo‘lovchi qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Qozog‘iston aviatsiyasi ma’muriyati bilan birgalikda qatnovlarni ochish masalasi ishlab chiqilgan.
Joriy yilning 5-iyunidan Toshkent-Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘lovchi qatnovlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Parvozlar haftasiga uch marotaba — dushanba, chorshanba va juma kunlari Airbus 320 havo kemalarida bajariladi.
Avvalroq kompaniya joriy yilning 2-iyunidan Misrning Hurgada shahriga parvozlarni amalga oshirishini ma’lum qilgandi.
“Spot” “Silk Avia” kompaniyasi 1-iyundan yangi yo‘nalishlarga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergandi. Chiptalarni uch xil tarif asosida 1-iyundan 29-oktabrgacha bo‘lgan sanalar uchun sotib olish mumkin.