Avvalroq “UZCARD” va “HUMO"ning integratsiya ishlari yakunlanib, barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash 1-iyundan boshlanishi ma’lum qilingandi.
Texnik ishlar yakunlanib, pilot rejimida ikkita — “UZCARD"ga ulangan va “HUMO” bank kartalarini qabul qiluvchi “Kapitalbank” bankomati hamda “HUMO"ga ulangan va “UZCARD” kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan “Xalq banki” bankomatlari ishlayotgandi.
“HUMO” matbuot xizmati to‘lov tizimi bankomatlarida “UZCARD” kartalari bo‘yicha pul operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud banklar ro‘yxatini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, mazkur xizmatdan quyidagi banklarning bankomatlari orqali foydalanish mumkin:
- “Kapital Bank”;
- “Xalq Bank”;
- “Agro Bank”;
- “Aloqa Bank”;
- “Ipoteka Bank”;
- “Mikrokredit Bank”;
- “Hamkor Bank”;
- “Qishloq Qurilish Bank”;
- “InfinBank”;
- "Asia Alliance Bank";
- “Garant Bank”;
- “Tenge Bank”;
- “Trast Bank”;
- “Turon Bank”;
- “NBU Bank”;
- “Asaka Bank”.
“Integratsiya jarayonidan o‘tgan banklar soni ko‘payib bormoqda”, deyiladi xabarda.
“Humo” hamda “UZCARD” kompaniyalarining integratsiyalashuvi 2020-yilda rejalashtirilgandi. 2021-yilga kelib tomonlar bu bo‘yicha memorandumni imzoladilar.
2021-yilning dekabriga kelib, tomonlar integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi hamda to‘lov tizimi terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlashi haqida ma’lum qilindi.
Bunda to‘lov tizimlari terminallari ikkala turdagi kartalarni ham qabul qila boshlashi nazarda tutilgandi.
Joriy yilning mart oyida “HUMO” va “UZCARD” to‘lov tizimlarining o‘zaro integratsiyasini yil yakuniga qadar amalga oshirish bo‘yicha prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.