Prezidentning “Qatar Davlati fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Bu haqdagi farmon prezidentning Qatar amiri bilan uchrashuvi arafasida imzolangan.

2022-yil avgust oyida Mirziyoyev Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etishga qaror qilgandi.

Hujjatga ko‘ra, 2023-yildan mazkur mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin bo‘lib, bu tartib 30 kunga amal qiladi.

Bunda ulardan faqatgina Saudiya Arabistoniga qaytib uchib ketish chiptalarini ko‘rsatishlari talab qilinadi.


Avvalroq “Spot” Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek, iyun oyida turizmni rivojlantirish maqsadida ikki davlat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda