Florensiya va Mexiko shaharlari 2023-yilning yozida rossiyaliklar orasida eng mashhur 10 ta xorijiy yo‘nalish qatoriga kirdi, Istanbul, Minsk va Yerevan esa eng mashhur dam olish maskanlari bo‘ldi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.
Mehmonxonalarni bron qilish bo‘yicha eng yaxshi shaharlar — Istanbul, Minsk, Yerevan, Boku va Dubay bo‘ldi.
Bu shaharlar jami bronlarning qariyb 40%ini tashkil qiladi. Birinchi marta Mexiko, Florensiya va Belek turar joyni bron qilish bo‘yicha eng yaxshi 10 ta shaharga kirgan.
“Sberspasibo” sodiqlik dasturini o‘rganish tadqiqoti natijalariga ko‘ra, bu yil rossiyaliklar orasida talab qilinadigan xorijiy yo‘nalishlar ro‘yxati kengaydi.
Garchi Armaniston va Turkiya ushbu mamlakatlarga sotib olingan aviachiptalar bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolsa ham, sayohatchilarning O‘zbekiston, Tailand, Indoneziya, Fransiya va Kubaga uchish ehtimoli ko‘proq.
Shu bilan birga, yozgi ta’til uchun Ozarbayjon, BAA, Gruziya va Qirg‘iziston bu yil 2022-yilga nisbatan 14%ga kamroq tanlangan.
Avvalroq “Spot” rossiyaliklar may oyida Turkiya, Misr va BAAdan so‘ng asosan O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirgani haqida yozgandi.
Shuningdek, ro‘yxatdan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Armaniston joy olgandi.