E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
“Spot” Oʻzbekiston banklaridagi boshlangʻich toʻlovsiz avtokreditlar haqida ma’lumotlarni toʻpladi.
Hozirda mavjud 34 ta bankdan 4 tasida bunday turdagi avtokreditni rasmiylashtirish mumkin.
Kreditlar bir yildan besh yilgacha muddatga, 24%dan 28%gacha stavkada taqdim etiladi.
Mazkur kredit turi faqat jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan avtomobil xarid qilish uchun beriladi.
Kerakli hujjatlar:
- pasport (kafilniki ham);
- kadastr hujjati;
- rasmiy daromad haqida ma’lumot;
- avtosalondan shartnoma.
“Aloqabank”
Foiz stavkasi: 24%-25%
Muddati: 4 yil — 5yil
Imtiyozli davr: 6 oy
Garov: turar yoki noturar joy
“Asia Alliance Bank”
Foiz stavkasi: 24%-28%
Muddati: 1 yildan 4 yilgacha
Imtiyozli davr: yoʻq
Garov: sotib olinayotgan avtomobil
“Davr Bank”*
Foiz stavkasi: 27,99%
Muddati: 4 yilgacha
Imtiyozli davr: yoʻq
Garov: sotib olinayotgan avtomobil
“Saderatbank”**
Foiz stavkasi: 26%-28%
Muddati: 4 yilgacha
Imtiyozli davr: yoʻq
Garov: avtomobil sugʻurta polisi