10-iyun kuni “IT Park” Toshkent filialida “Noldan startap: loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun g‘oyalar, strategiyalar va vositalar” mavzusida vorkshop bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikeri “CloudPayments” to‘lov tashkilotining mintaqaviy direktori Farrux Xolmuxamedov boʻladi.

Trening davomida u g‘oyani qanday qilib haqiqiy startapga aylantirish va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish strategiyalarini ishlab chiqish haqida gapirib beradi.

Shuningdek, muhim vositalar va usullar, jumladan, bozor tadqiqotlari, biznes-reja tuzish, jamoani shakllantirish, moliyalashtirishni jalb qilish va boshqa asosiy jihatlar yoritiladi.

Vorkshop soat 18:00 da boshlanadi, o‘zbek va rus tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun 10-iyungacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Spiker haqida maʼlumot:

Farrux Xolmuxamedov — fintech va banking bo‘yicha ekspert, Innopolis Universitetining Software Engineering yoʻnalishi bitiruvchisi. U “Sberbank”, “TBC Bank” va “AloqaBank” kabi yirik moliya institutlarida katta tajribaga ega. Bundan tashqari, u “AloqaVentures” venchur fondini boshqargan va Oʻzbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasining aʼzosi hisoblanadi.


Avvalroq “Spot” Sirdaryoda GIS xizmatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan bepul kurslarga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda 18−40 yosh oralig‘idagilar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar ingliz tilini hamda ayrim dasturlash tillarini bilishi kerak.