Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Angren logistika markazi"ning 100% ulushini xususiylashtirish bo‘yicha professional maslahatchi tanlash boshlanganini e’lon qildi.
Maslahatchi transport-ekspeditorlik xizmati bozorini tahlil qilishi, aktivning investitsiya jozibadorligini oshirish, eng ilg’or amaliyotlar va o’xshash (analog) aktivlarning tahlili asosida tuzilma va boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berishi kerak.
Murojaatni tender@davaktiv.uz elektron manziliga 20-iyun Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha yuborish mumkin.
Tijorat taklifiga yetarli malaka va resurslar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, shunga o‘xshash bitimlarni qo‘llab-quvvatlash tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinishi kerak.
Batafsil ma’lumot bu yerda.
Logistika markazi haqida:
“Angren logistika markazi” asosiy faoliyat turi — yuklarni tashib berish bo‘yicha transport xizmatlarini ko‘rsatish. Umumiy yer maydoni 19,07 gektar, avtoparkni 171 dona avtotransport vositalari va 1 ta avtoevakuator tashkil etadi.
Avvalroq “Spot” Davaktiv “UNG Petro” kompaniyasini xususiylashtirish jarayonini boshlagani haqida yozgandi.