“Uzbekistan Airways” 30-iyundan Toshkent-Urumchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozini amalga oshiradi, deya xabar bermoqda aviakompaniya matbuot xizmati.
Aviatashuvchining qayd etishicha, mazkur qatnovlar 2020-yil to‘xtatilgandi.
Muntazam aviaqatnovlar har hafta juma va shanba kunlari (shanba kuniga o‘tadigan qatnov) amalga oshiriladi.
Parvozlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchib ketish: 17:15 (Toshkent vaqti);
- Urumchiga yetib kelish: 22:40 (Urumchi vaqti);
- Urumchidan uchib ketish: shanba kuni soat 00:10 (Urumchi vaqti);
- Toshkentga yetib kelish: shanba kuni soat 00:05 (Toshkent vaqti).
O‘tgan yili 14-oktabrdan Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Urumchi va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygandi.
Muntazam reyslar Boeing 737 va Boeing 787 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga 50%gacha chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.
Undan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar uchun foydalanish mumkin.