“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yoshlar oyligi” o‘tkazilishi munosabati bilan 9−30-iyun kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 15% chegirma e’lon qiladi.

Chegirma 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun amal qiladi va iyun oyida amalga oshiriladigan sotuvdagi ichki yoʻnalishlarning ekonom-klass tariflariga taalluqlidir.

Aviachipta qaytarilganda/qayta bronlashtirilganda/qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish/qayta bronlashtirish/NO-SHOW uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmaydigan reyslar uchun chegirma bilan sotib olingan aviachiptalar qayta rasmiylashtirilgan/qayta bron qilingan taqdirda, chegirmalar qo‘llanilmagan holda to‘liq tarif darajasiga qo‘shilishi kerak.

Chegirma faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi. Agar parvoz sanalaridan biri chegirma muddatiga to‘g‘ri kelmasa, aviachiptalar alohida sotib olinadi.

Aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina “Uzbekistan Airways Sales” yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak.


Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga 50%gacha chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.

Undan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar uchun foydalanish mumkin.