E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.
“Spot” O‘zbekiston banklaridagi kobeyjing kartalarini chiqarish shartlarini o‘rganib chiqdi.
Hozirda bunday kartalarni mavjud 34 ta bankdan 11 tasida ochish mumkin. Karta ochish narxi esa 20 mingdan 50 ming so‘mgacha.
Kobeyjing kartalarining boshqalardan farqi shundaki, kartaning old tomonida ikkita to‘lov tizimining logotiplari joylashgan. Bular “UZCARD-Mastercard”, “UZCARD-UnionPay”, “Humo-Visa”, “Humo-Mastercard” bo‘lishi mumkin.
Chet elda to‘lovlarni amalga oshirayotganda kartadagi pul avtomatik ravishda karta egasi istiqomat qiladigan mamlakat valyutasiga konvertatsiya qilinadi.
Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va call-markazlaridan olingan.
Bank nomi | Karta turi | Chiqarish (ming so‘m) | Sug‘urta depoziti | Naqd pul yechib olish* | Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov |
Agrobank | HUMO-Visa | 49 500 | - | 1% | 0,5% |
UZCARD-Mastercard | - | 1% | 0,5% | ||
UZCARD-UnionPay | $10 | 1,5% | 0,5% | ||
Asakabank | HUMO-Mastercard | 34 500 | 15 000 | 1,5% | 0,5% |
UZCARD-Mastercard | 52 900 | 15 000 | 1,5% | 0,5% | |
Aloqabank | UZCARD-UnionPay | 30 000 | 100 000 | 1% | - |
UZCARD-“МIR” | - | - | |||
Asia Alliance Bank | UZCARD-UnionPay | 49 500 | 50 000 | - | - |
UZCARD-“МIR” | 50 000 | - | - | ||
Davrbank | UZCARD kobeyjing | 30 000 | - | 0,5% | - |
HUMO kobeyjing | |||||
Garantbank | UZCARD-UnionPay | 50 000 + QQS | - | 1% | 1% |
Humo-Mastercard | |||||
Ipoteka bank | HUMO-Visa | 30 000 | - | 1% | - |
HUMO-Mastercard | - | 1% | - | ||
Mikrokreditbank | HUMO-Mastercard | 20 000 | - | 1% | - |
Poytaxt Bank | UZCARD-UnionPay | 45 000 | - | 1% | - |
Turonbank | HUMO-Visa | 36 000 | $10 | 2% | 0,5% |
Ziraat Bank Uzbekistan | UZCARD-Mastercard | 50 000 | 50 000 | 1% | - |
*Mamlakat ichida uchinchi tomon bankomatidan naqd pul olinganda komissiya foizi. Shu bilan birga, komissiya nafaqat kartani chiqargan bank tomonidan, balki bankomatga ega bo‘lgan bank tomonidan ham olinadi. Shuningdek, komissiya bankomat qaysi to‘lov tizimiga tegishli ekanligiga qarab o‘zgaradi. Shu sababli, ba’zi hollarda, jadvalda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq komissiya olinishi mumkin.