Shavkat Mirziyoyev Italiyaga rasmiy tashrifi davomida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan uchrashdi.
Unda mamlakat bilan agrar tarmoqni modernizatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Oxirgi bir necha yilda hamkorlik portfeli uch barobar kengaygani ta’kidlangan. Xususan, yer va suvdan foydalanish, agrosanoat majmui, o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya, chorvachilik va boshqa yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligiga xatarlar kuchayib borayotgan sharoitda sheriklikni yanada kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekani qayd etildi.
Shuningdek, unda 2030-yilgacha hamkorlik bo‘yicha yangi dasturni ishlab chiqish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
Dastur oziq-ovqat xavfsizligi, fundamental ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, Orolbo‘yining ekologik muammolarini hal qilish va boshqa sohalarda aniq loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Avvalroq prezidentning Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati 9 mlrd yevrodan ortiq kelishuvlar amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.