“GameCraft” o‘yinlarni rivojlantirish akademiyasi Gyote instituti va IDU universiteti bilan qizlar uchun video o‘yinlarni yaratish kursiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, 12 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan qizlar qatnashish imkoniyatiga ega.

Loyihadan maqsad o‘yin sanoatida ayollar jamoalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdir.

Kurslar onlayn va oflayn shaklda o‘tkaziladi va jami to‘rt soatlik darsda talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:

  • “Unity” o‘yinlarini yaratish uchun yetakchi dasturiy ta’minot;
  • Soddalashtirilgan “Visual Scripting” dasturlash texnikasini o‘zlashtirish;
  • 2 ta mini o‘yin yaratish.

Gyote institutida oflayn rejimda qatnashgan taqdirda, talabalar darsda o‘z noutbuklarini olib kelishlari va foydalanishlari kerak.

Shuningdek, “Unity” o‘yin mexanizmi darsdan oldin talabalar qurilmalariga oldindan o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Dasturni bu yerdan bepul yuklab olish mumkin.

Ishtirokchilar kompyuter savodxonligining minimal darajasiga ega bo‘lishi kerak.

Intensiv bir kunlik kurs birinchi va ikkinchi darslar orasida qisqa tanaffus bilan 2 ta darsdan iborat. Dars rejalari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Bepul kurs 10 iyunda boshlanadi va har shanba va yakshanba kunlari iyun oyining oxirigacha davom etadi.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni havola orqali jo‘natish kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “EPAM Training Center” “DevOps Essentials” bepul trening dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.