Innovatsion va yuqori texnologiyalar bozorini kengaytirishga qaratilgan startap loyihalar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi xabar berdi.

Unda ishtirok etish uchun startap loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi kerak.

Bitta ishtirokchi 1 ta startap loyiha bilan ishtirok etishi mumkin.

Loyihaga baho berishda uning innovatsionligi, texnik jihatdan mukammalligi, muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi hamda moliyaviy rejalashtirilishi inobatga olinadi.

Nomzodlar ariza shakli bilan birga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini PDF shaklida jo‘natishlari kerak:

  • loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
  • startap loyiha pasporti;
  • xarajatlar smetasi;
  • loyihaning biznes matni (imzo va muhr qo‘yilgan holda).

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Arizalarni joriy yilning 5-iyuligacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq Singapurda o‘tkaziladigan “SLINGSHOT” startap tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.