“AvtoVAZ” kompaniyasi prezidenti Maksim Sokolov O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun 2023−2024 yillarga mo‘ljallangan rejalari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar berdi “RIA Novosti” nashri.
“O‘zbekiston va Qozog‘istonda yig‘ish zavodi ishga tushirishga tayyor, biroq, ularni ishga tushirish uchun texnik jihatdan tartibga solish yo‘nalishi bo‘yicha muayyan choralarni ko‘rish talab qilinadi, — deydi Sokolov.
Uning qayd etishicha, “AvtoVAZ” 2023-yilda 10−15 ming, 2024-yilda 50 mingtagacha avtomobil eksport qilmoqchi.
Yanvar oyida “AvtoVAZ” 2023-yil oxiriga qadar 30 mingta avtomobilni eksport qilishni rejalashtirgan edi.
Fevral oyida kompaniya direktorlar kengashiga rahbarlik qiluvchi bosh vazir oʻrinbosari, Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov eksport dasturi qayta koʻrib chiqilishini maʼlum qilgandi.
Avvalroq “AvtoVAZ” korxonasi yengil avtomobil qismlarini yig‘ish liniyasiga 500 nafar o‘zbekistonlik mutaxassisni ishga jalb qilmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, kompaniya O‘zbekistonda yangi “Lada Vesta” avtomobillarini yig‘ishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Kompaniya prezidenti ayni paytda hamkor bilan bu bo‘yicha eng yaqin rejalar ko‘rib chiqilayotganini qayd etgandi.
Avvalroq Xitoyning “OMODA” kompaniyasi O‘zbekiston avtomobil bozoriga kirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Yanvar oyida “Exeed” avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishini rasman e’lon qildi. Aprel oyi boshida kompaniya avtomobillarini yig‘ish sanasi qachon boshlanishi ma’lum qilindi.