“Wildberries” onlayn marketpleysi O‘zbekistonda “Wildberries biznes maktabi"ni tashkil qiladi. Bu haqda “Spot"ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Biznes maktab doirasida marketpleys “Sotuvni boshlash” vebinarlarini yo‘lga qo‘yadi.
Vebinarda ishtirok etish yangi tadbirkorlarga onlayn segmentda malakali ishlashni boshlash va mavjud sotuvchilarga sotishni yanada samarali boshqarish va daromadni oshirish imkonini beradi.
Birinchi onlayn vebinar 13 iyun kuni, soat 12:00 dan 14:00 gacha (mahalliy vaqt) O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida mahalliy tadbirkorlar uchun “Wildberries” biznes maktabi tomonidan ishlab chiqilgan “Sotuvni boshlash” mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Vebinarda “Wildberries” biznes maktabining loyiha menejeri Emiliya Frank platformada mahsulotni sotish va reklama imkoniyatlarini ishga tushirishning muvaffaqiyatli mexanizmlari haqida gapiradi.
Shuningdek, quyidagi mavzularda ma’lumot beriladi:
- onlayn platformada qanday ro‘yxatdan o‘tish kerak va qaysi savdo modelini tanlash kerak;
- mahsulot kartalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish;
- mahsulotlar ta’minotni qanday boshqarish kerak;
- reklama kabineti qanday ishlaydi.
Vebinar ishtirokchilari real vaqt rejimida marketpleysda biznes yuritish bo‘yicha ekspertga savollar berishlari ham mumkin bo‘ladi.
Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, havola oqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda birinchi Wildberries saralash markazi ochgani haqida yozgandi.
Bu orqali endilikda o‘zbekistonlik tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini ushbu marketpleysda sotishlari mumkin.