“Google” raqamli marketing bo‘yicha bepul kursiga arizalar qabul qilmoqda. Unda barcha mamlakatdan qiziquvchilar onlayn ishtirok etishlari mumkin.

Kursda jami 26 ta modul mavjud bo‘lib, ishtirokchilar qisqa video darsliklar orqali onlayn marketing haqida ko‘nikmalarini oshirish imkoniyatiga ega.

Xususan, raqamli marketing maqsadlarini rejalashtirish, onlayn marketing strategiyasining afzalliklari, onlayn bozorga kirish, raqobatchilarning marketing strategiyalarini tahlil qilish va raqobatbardosh marketingni qo‘llash o‘rgatiladi.

Bundan tashqari, veb-saytlarni qanday ishlab chiqish, bir vaqtning o‘zida ko‘proq iste’molchiga qanday ega bo‘lish mumkinligi haqida ko‘nikmalarga ega bo‘lish mumkin.

Darslarning barchasi “Google” trenerlari tomonidan yaratilgan bo‘lib, amaliy mashqlar va real misollar bilan to‘ldirilgan. Shuningdek, darslar yakunida viktorinalar taqdim etiladi.

Kurs ishtirokchilariga yakunda bepul sertifikat taqdim etiladi hamda uni olish uchun 40 savoldan iborat yakuniy imtihondan o‘tish kerak bo‘ladi.

Unda ishtirok etish uchun havola orqali ariza jo‘natish kerak.

Arizalarni qabul qilish muddati va ishtirok etish cheklanmagan. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Ijodiy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash” onlayn ta’lim dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.